Nazarboyev Qozog‘iston Bosh prokurorini almashtirdi
Olam
−
18 mart 2019 10017 1 daqiqa
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan Bosh prokuror Kayrat Perneshovich Kojamarov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Oqo‘rda Matbuot xizmati xabar berdi.
“Kojamarov Kayrat Perneshovich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod qilindi”, deyiladi hujjatda.
Prezident Nursulton Nazarboyev farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga Gizat Nurdauletov tayinlandi.
1964 yil tug‘ilgan Gizat Nurdauletov prokuratura tizimdagi faoliyatini Jambil tumanida tergovchi sifatida boshlagan. 2016 yil noyabrdan bugungacha Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Janubiy-Qozog‘iston viloyati bo‘yicha departamentiga rahbarlik qilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust