Nazarboyev imtiyoz va vakolatlaridan ayriladi 

Olam

image

Qozog‘istonning sobiq Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga qator imtiyoz va vakolatlar beruvchi "Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida"gi qonunni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda parlament Majilisi (quyi palatasi) spikeri Yerlan Koshanov ma’lum qildi.  

“O‘zgartirishlar Elboshi maqomini istisno qiladi. Nazarboyevning davlat asoschisi sifatidagi roli Konstitutsiyada qoladi. Bu norma qabul qilinganidan keyin Birinchi Prezident to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun ham o‘z kuchini yo‘qotadi”, degan Koshanov. 

Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlikdan ketgan. U Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risidagi qonunda mustahkamlangan bir qator vakolat va imtiyozlarni o‘zida saqlab qolgan. 

Ushbu konstitutsiyaviy qonun Nazarboyevning siyosiy va huquqiy maqomini, davlat rahbari vakolatlarini amalga oshirishni tugatgandan keyin uning imtiyozlari va kafolatlarini belgilaydi. Hujjatda Birinchi Prezidentning maqomi va vakolatlari, uning daxlsizligiga oid normalar mavjud. 

Shunday qilib, u Prezidentning vakolatlarini amalga oshirish davrida sodir etgan, ular tugatilgandan keyin esa Birinchi Prezident sifatidagi maqomini amalga oshirish bilan bog‘liq holda xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 

Nazarboyev, shuningdek, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi va qamoqda saqlanishi, tintuv qilinishi, so‘roq qilinishi yoki shaxsan tintuv qilinishi mumkin emas. Daxlsizlik Nazarboyevga va u bilan birga yashovchi oila a’zolariga tegishli bo‘lgan barcha mulklarga taalluqlidir. Bundan tashqari, qonun o‘z faoliyatini, jumladan, aloqa, xavfsizlik, uy-joy, transport, tibbiy va sanatoriy-kurortda davolanish, pensiya va sug‘urta huquqidan foydalanishni ta’minlashni tartibga soladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nazarboev

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing