Nazarboyev hokimiyatdan ag‘darilgan Akayev va Bakiyevni Qirg‘izistondan qanday olib ketganini aytib berdi

Olam

image
Nazarboyev Qozog‘istonni bo‘lishga urinishganini aytib berdi north_east

Nazarboyev Qozog‘istonni bo‘lishga urinishganini aytib berdi

O‘xshash taqdirlar: Qirg‘iziston Prezidentlari lavozimidan qanday ketgan? north_east

O‘xshash taqdirlar: Qirg‘iziston Prezidentlari lavozimidan qanday ketgan?

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev “Portretga chizgilar” hujjatli filmining ikkinchi qismida qo‘shni Respublika – Qirg‘izistonning sobiq Prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevni Qirg‘izistondan olib chiqishda qanday yordam bergani haqida so‘zlab berdi. Ushbu serial 15 dekabr kuni “Xabar” telekanali efirida namoyish etildi.

“Qirg‘iziston haqida aytishim kerak. Akayev. Uni Bishkekdan Tarazga vertolyotda olib chiqishim kerak bo‘lgan. Vaziyat qiyin edi, ular u yerda o‘q uzishlari mumkin edi, ammo qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun men uni olib chiqdim”, deya Nazarboyev o‘z hikoyasini boshlagan. 

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Qirg‘iziston sobiq Prezidenti Qurmanbek Bakiyevning O‘shga joylashib olib, o‘z tarafdorlari bilan Bishkekka yurish qilmoqchi bo‘lganini eslab, shunday dedi:

“Undan keyin davlat rahbariga aylangan shaxs bilan ham xuddi shu voqea ro‘y berdi. U O‘shga joylashdi, u yerda tarafdorlarini yig‘di, ularni qurollantirdi va Bishkek tomon ketishga tayyor edi. Men aytdim: “Qurmanbek (Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev), nima qilyapsiz, nega? Qon to‘kishingiz mumkin. Yana Prezident bo‘lishni xohlaysizmi? Bundan keyin qanday qilib ishlaysiz?” Umuman olganda, muvaqqat Prezident bor edi (Roza O‘tunbayeva), men u bilan gaplashdim, u: “Biror narsa qiling, Qurmanbekni tinchlantiring”, dedi. Men Qurmanbekka qo‘ng‘iroq qilib aytdim: “Sizni u yerdan, O‘shdan olib chiqib ketaman. Keyin muzokara olib borasiz, yaqinda bo‘lasiz, shu yerda”. Uni arang ko‘ndirdim”.

Elboshi so‘zida davom etar ekan, Vashingtonda bu vaqtda yadro quroliga qarshi masalalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tayotganini esladi.

“Biz u yerda edik. Rossiya Prezidenti Medvedev edi. Obama bor edi. U yerda uchalamiz pichirlashib turgan rasm ham bor. Qirg‘izistonda fuqarolar urushi boshlanishi haqida maslahatlashuv borayotgan edi. Bakiyev qurolli otryadlarda Bishkek tomon yo‘l olmoqchi, buni nimadir qilish kerak edi. Men aytdim: “Men olib chiqaman (Bakiyev – taxminan), Rossiyalik jangchilar uni olib chiqib ketadigan samolyotimni qo‘riqlab bersin”. 

O‘sha paytda Adilbek Jaksibekov Mudofaa vaziri edi. Men unga samolyotni tayyorlab qo‘yishni buyurdim. U harbiy razvedka orqali ishlay boshladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘shdagi aeroport qo‘nish yo‘lagiga shag‘al to‘kib tashlangan edi. Qo‘nish yoki uchib ketishning imkoni yo‘q. Men: “Buni aniq bilasanmi?”, deb so‘radim. U shunday dedi: “To‘liq emas, lekin menga shunday deyishdi. U yerda imkonsiz”. Men: “Samolyotni yubor, pastga tushsin. Agar u yerda yotgan shag‘allarni ko‘rsa, uchib ketsin, agar bo‘lmasa, qo‘nsin”, dedim. Qurmanbekka esa, samolyot parvozga tayyorlanayotganini, tayyorlanib turishini aytdim. Ular yetib kelishdi, hech qanday shag‘al yo‘q edi. Ular qo‘nib, oilani bortga olishdi va uchib ketishdi. Agar bu qilinmaganida ko‘p qon to‘kilishi mumkin edi”, deydi Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti. 

Ma’lumot uchun, Qurmanbek Bakiyev Qirg‘iziston tarixidagi ikkinchi ag‘darilgan Prezident bo‘lgan. Undan avvalgi rahbar Asqar Akayev 2005 yilda lavozimidan chetlatilgan. Akayev hozir Rossiyada yashaydi, Bakiyev esa Belarusdan siyosiy boshpana olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Asqaq Akaev Qurmanbek Bakiev

Baholaganlar

604

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing