Nazarbekov yana qovun tushirdi. Vazir qachon vazirligini his qiladi?
Jamiyat
−
03 iyul
160306Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri - Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqaldi. Ayni vaqtda bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi ta’kidlanmoqda.
Holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekistonda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.
“Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazir Nazarbekov ishtirokidagi reklamaga nisbatan munosabatda.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, vazir reklama qilgan do‘kon Nazarbekov rahnamoligidagi “Ovoz” loyihasining homiylaridan biri hisoblanadi. Bungacha vazir ushbu teleshou orqali banklardan birini ham reklama qilgan.