Nazarbekov O‘zbekistonning Rossiya bilan aloqasi yanada mustahkamlanishidan umidvor

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar sezilardi darajada kengayib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun, 24  may kuni Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi qo‘mitasi majlisida gap ochdi. Uning so‘zlari Madaniyat vazirligining Telegram'dagi kanalida keltirilgan. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Prepodobnaya Nadejda ishtirok etgan. 

“O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida madaniyat, san’at, teatr, kino va madaniy-gumanitar sohaning boshqa yo‘nalishlarida hamkorlik munosabatlari sezilarli darajada kengayib bormoqda. Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”, shuningdek, “O‘zbek kinosi kunlari” katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgani ham buning amaliy ifodalaridan biridir”, deydi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Nazarbekov. 

Vazir ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan. 

“So‘nggi yillarda yetakchi teatrlar, muzeylar, madaniyat yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ham qayd etish joiz. Ishonchim komilki, bugungi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston – Rossiya madaniy hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, deydi Ozodbek Nazarbekov.

Madaniyat vazirligining Telegram'dagi kanalida Nazarbekovning nomidan keltirilgan iqtibosda ikki mamlakat madaniyat vazirliklari o‘rtasida yangi kelishuvlar imzolangani aytilganu bu kelishuvlar nima ekani, ular o‘z ichiga qanday maqsadlarni olishi ochiqlanmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing