Navoiydagi portlashda o‘ndan ortiq odam jabrlandi. Qurbon ham bor
3-sahifa
−
11 mart
15011Avvalroq, Navoiy viloyati Navoiy shahri Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” aksiyadorlik jamiyatining 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergani haqida xabar berilgandi. Ushbu chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan va bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom o‘chirilgan.
Vazirlikka ko‘ra, chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan.
“Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilayotgani ham qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 mart kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

