Navoiydagi qamoqxonada mahkum o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Navoiyda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum saqlash kamerasida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Kecha, 25 dekabr kuni soat 14:40 lar atrofida 11-son JIEK turma uchastkasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum saqlash kamerasida choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga o‘rnatilgan temir panjaraga uni bog‘lab, bo‘yin qismidan o‘zini osgan. 

Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan mahkum vafot etgan.

Mahkum jazo muddatini o‘tashi davomida bir necha marotaba psixiatriya bo‘limiga borib davolanib kelgani aniqlangan.

Tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy qamoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made