Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Navbahor tumanida joylashgan “S. A. S.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu AGTKSHda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart talablariga zid ravishda noma’lum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘lgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 26 milliard 27 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 5 milliard 775 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy zapravka O'zenergoinspeksiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing