Navoiyda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchiga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida mast holatda transport vositasini boshqargan haydovchi yo‘l patrul xizmati  xodimiga 3 million so‘m pora taklif qildi. Bu haqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Unga  ko‘ra, Navoiy shahrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Bunga sabab, avtomobilning old o‘rindig‘ida hali 12 yoshga to‘lmagan bola o‘tirgan bo‘lgan. 

Haydovchi xodimlarda shubha uyg‘otgan va alkotester orqali tekshiruv davomida uning spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan.

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyat bo‘limi hamda departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi xodimga 3 million so‘mni berayotganida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-modda (transport vositalarini mast holda boshqarish) 1-qismi va 128-modda (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Haydovchi mazkur bayonnomalar rasmiylashtirilmasligi uchun YPX xodimlariga 3 million so‘m pora taklif qilgan.

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyat bo‘limi hamda departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi xodimga 3 million so‘mni berayotganida qo‘lga olingan.

Korrupsiya holati haqida tegishli tashkilot mas’ullariga xabar bergan xodimlarga tashakkurnoma e’lon qilinib, IIB tomonidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Navoiy pora YPX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing