Navoiyda yig‘iladigan Oshan avtomobillarining narxi qancha bo‘ladi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etilayotgani, unda Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostidagi avtomobillar ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edik.

Hozirda ushbu korxona qurilishi davom etayotgan bo‘lib, ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Avtomobillar yig‘ish ham shu yildan yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati hokimligi korxona rahbari Sherzod Mo‘minovning so‘zlariga tayanib.

“Ayni paytda zavod qurish ishlari jadal davom etmoqda. Yil yakuniga qadar mazkur ishlar to‘liq yakunlanib, avtmobillar yig‘ish va sotish ishlarini ham boshlab yuborish ko‘zda tutilgan. Avtomobillar narxi taxminan 13 ming AQSH dollaridan 30 ming AQSH dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda”, deydi korxona rahbari Sherzod Mo‘minov.

E’tibor berilishi kerak bo‘lgan bir jihat shuki, o‘tgan safar “Navoiy – motors” qo‘shma korxonasi Eron davlati bilan hamkorlikda qurilayotgani aytilgandi. Ammo bu safar ushbu qo‘shma korxona Avstriya davlati bilan hamkorlikda barpo etilayotgani aytilgan.

“Navoiy – motors” O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi shulardan biri sanaladi. Umumiy qiymati 12 million AQSH dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha yurtimiz avtomobilsozlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratishni hamda yangi davrni boshlab berishni maqsad qilgan”, deyiladi xabarda.

Keyingi safar ushbu korxona haqida axborot berilganda uchinchi davlatni ko‘rarmikanmiz?


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' Oshan

Baholaganlar

1378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing