Navoiyda o‘qituvchining pulidan “urmoqchi” bo‘lgan direktor ushlandi (video)
3-sahifa
−
05 noyabr 7233 1 daqiqa
Navoiy viloyatida joylashgan tumanlardan biridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori hamda bosh hisobchisi o‘zaro til biriktirib, maktab murabbiyiga ajratilishi lozim bo‘lgan xizmat safari pulidan ma’lum qismini o‘zlashtirib olmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular joriy yilning mart va may oylarida para yengil atletika sport turi bo‘yicha murabbiy 8 nafar sportchi bilan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgani bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan jami 40 mln 722 ming so‘m miqdoridagi xizmat safari pullarini to‘lab berish evaziga ushbu summadan 40 foizini, ya’ni 16 mln so‘mdan ortiqroq qismini berishini talab qilgan.
So‘ngra bosh hisobchi murabbiyning bank plastik kartasiga xizmat safari puli hisobidan 10 mln so‘m o‘tkazib berib, shundan 3 mln so‘mni pora sifatida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Soliq boshqarmasining sayyor soliq tekshiruvlari bo‘limi katta inspektori 5 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi