Navoiyda prokuratura xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
28 fevral 2023
8247Navoiy viloyati prokuraturasi noziri firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fuqarodan 10 million so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda viloyat prokuraturasi noziri o‘zining tanishlari orqali fuqaroni Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi yotoqxonalardan biriga navbatsiz joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan.
Nozir fuqarodan pulni olayotgan vaqtda DXX va prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
“Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati xabarida.
LiveBarchasi