Navoiyda koronavirusdan vafot etgan bemor “O‘zsanoatqurilishbank" xodimi bo‘lgan
Jamiyat
−
07 iyul 2020
12659Avvalroq, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov viloyatda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgani haqida ma’lum qilgan edi. Vafot etgan bemor “O‘zsanoatqurilishbank"ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Xurshid Shabonov bo‘lib chiqdi. Marhum 38 yoshda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Shabonov joriy yilning 2 iyul kuni COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va unda kasallik tasdiqlangan. Bemor shu kunning o‘zida Navoiy viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga COVID-1 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama zotiljam, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi asorati bilan kechgan.
Bundan tashqari bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. Xavf – III, semizlikning 1-darajasi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan. Shuningdek, bemor 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.
6 iyul kuni bemorning ahvoli o‘ta og‘irlashgan hamda mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilinib, davolash jarayoni tegishli mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Ammo bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimatsiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralar samara bermagan hamda biologik o‘lim qayd etilgan.
O‘lim sababi o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi. O‘tkir bosh miya va o‘pka shishi deb baholanmoqda.
LiveBarchasi