Navoiyda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda viloyat hokimi Qobul Tursunovning viloyat aholisiga murojaatida aytilgan. 

So‘z avvalida Tursunov viloyatdagi epidemiologik holat haqida ma’lumot berib, aholini ushbu kasallikka qarshi birgalikda kurashishga chaqirgan.

“Eng ayanchlisi shundaki, viloyatimizda ham olib borilayotgan davolash-profilaktik tadbirlar, tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, ilk bor o‘lim holati qayd etildi”, deydi viloyat rahbari.

Tursunov o‘lim holati qachon qayd etilgani, marhumning yoshi va jinsi haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritmagan. Ushbu o‘lim yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot bergan yo beragani ham noma’lum. Boisi odatga ko‘ra SSV o‘lim holati qayd etilgani bilan bog‘liq xabarlarda holatning qaysi hududda aniqlanganiga atroflicha aniqlik kiritmayapti. Shu bilan birga Navoiyda kasallangan fuqaro boshqa hududdagi shifoxonada vafot etgan bo‘lishi ham mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 459 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 6690 nafari sog‘aygan. Bemorlarning 295 nafari, sog‘ayganlarning 252 nafari Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing