Navoiyda ikki soliqchi 9 ming dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
19 noyabr 2022 9493 1 daqiqa
Kecha, 18 noyabr kuni Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimlari tadbir 9 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, viloyat DSB xodimlari Z.A. va B.Sh. MCHJga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 10000 AQSH dollari talab qilgan. 18 noyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular Navoiy shahriida kimyoviy ishlov berilgan 9000 AQSH dollarini jamiyat rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Z.A. va B.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida "qamoqqa" olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025