Navoiyda ehson qutilaridagi pullarni o‘marayotgan “olg‘ir” ushlandi 

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida 2 hafta davomida bir nechta masjidning ehson qutilaridagi pullarni o‘marib kelgan 27 yoshli yigit ushlandi. Bu haqda Navoiy viloyati Ichki ishlar bo‘limi xabar berdi.

Bildirilishicha, gumonlanuvchi shaxs birgina Karmana tumanidagi masjiddagi ehson qutilaridan qariyb 5 mln so‘mni o‘g‘irlagan. 

Gap shundaki, Nurota tumanida yashovchi yigit 2023 yil 9 dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidi panjarasini oshib kirgan va u yerdagi 5 dona ehson qutisidan 4 mln 669 ming so‘m miqdordagi pulni olib ketgan. 

O‘tkazilgan tezkor surishtiruv tadbirlarida ushbu jinoyat aniqlanib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Masjiddan o‘g‘irlangan pullar esa daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. 

Bundan tashqari, o‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, yigit 2023 yilning 25 noyabridan 9 dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi yana bir nechta masjidda ehson qutilaridan pul o‘g‘irlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida  noma’lum shaxslar yo‘l chetidagi ehson qutisini Damas rusumli mashinaga yuklab, o‘g‘irlab ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy ehson qutilari o'g'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing