Navoiyda dars paytida cho‘milishga borgan 6-sinf o‘quvchilaridan biri cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida maktab o‘quvchilari dars vaqtida cho‘milishga borib, ulardan biri kaltaklangani va suvga otib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarga Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchilari dars vaqtida cho‘milishga borgan. Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Boshqarma mazkur baxtsiz voqea oqibatida vafot etgan o‘quvchining oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda Damas kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgandi. 

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Navoiy maktab o'quvchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing