Navoiyda birdan 42 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyun kuni Navoiy viloyatida bugun ham bir yo‘la 42 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (32 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 3 nafari Tomdi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Navoiy shahridan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshli onaxon, yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

So‘nggi kunlarda viloyatda koronavirusga chalingan ko‘plab bemorlarning samarali davolanib chiqayotganida fidoyi shifokorlarning munosib hissasi bor.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Navoiy viloyati uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, ushbu xududga safarbar qilingan edi.

Shu kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov, vazirlik boshqarma boshlig‘i Shuhrat Almardonov, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori Xabibullo Oqilov va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov boshchiligidagi yuqori malakali shifokor-olimlar, jumladan, epidemiolog, infeksionist, otorinolaringolog, reanimatolog, pulmonolog, xirurg hamda vrach-laborant kabi o‘nlab tibbiyot xodimlaridan iborat maxsus guruh viloyatda faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Ushbu tajribali mutaxassislardan iborat guruh hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarni samarali davolash borasida mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishmoqda.

Maxsus guruh sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, so‘nggi ikki kunda bir yo‘la 84 nafar bemor shifo topdi. Ayni paytda viloyatda 164 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Hozirda ulardan 96 nafari sog‘aygan bo‘lsa, qolgan 68 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.

Endilikda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 2961 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing