Navoiyda hokim yordamchisi pora olayotganida ushlandi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida hokim yordamchisi pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Xatirchi tumanida 27 yoshli M.A. 25 mln so‘m kredit olish va tadbirkorlikni boshlash maqsadida fuqaro B.T. orqali shu mahallaning hokim yordamchisi Sh.I.ga uchrashgan. 

Hokim yordamchisi Sh.I. esa M.A.ga tavsiyanoma tekinga berilmasligini aytgan. Mazkur holat yuzasidan qilingan murojaat asosida tezkor tadbir tashkil etilib, hokim yordamchisi M.A. dan 100 AQSH dollari va 900 ming so‘m pullarni olayotgan paytda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hokim yordamchisi Sh.I. va kredit oluvchilarni topib, unga eltuvchi B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Eng achinarlisi esa, ayni kunda hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan Sh.I. bir necha yil muqaddam tovlamachilik jinoyatini sodir etib jazo muddatini o‘tagan edi. Ammo, qilmishidan xulosa chiqarmagan Sh.I yana bir bor qonun oldida javob berishga mahkum bo‘ldi”, deyiladi IIB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing