Navoiyda hokim 1 mlrd so‘mdan ortiq pulni “yeb yuborgan” mansabdorni lavozimiga qaytardi
Jamiyat
−
22 iyun 2023
15898Navoiy shahar hokimi 2021 yilda 1 milliard 53 million so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan Obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunovni lavozimiga qaytardi. Bu haqda shahar hokimi Murodxon Egamqulovning 2023 yil 21 iyun kuni imzolangan qarorida keltirilgan.
Tursunov Navoiy shahar sudining 2021 yil 4 martdagi hukmiga asosan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va qator moddalarni qo‘llagan holda 1 yil 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilingandi.
Shuningdek, unga nisbatan oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 7 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Endilikda Yusuf Tursunov Navoiy shahar hokimi Murodxon Egamqulovning 2023 yil 21 iyundagi qarori bilan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga qayta tayinlandi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi