Navbatdagi terakt: Afg‘onistonda bir kun ichida ikkinchi avtobus portlatildi

Olam

image

Avvalroq, Afg‘oniston janubidagi Zabul viloyatida avtobus portlatilgani, natijada kamida 16 kishi halok bo‘lgani va yana bir necha kishi yaralangani haqida xabar bergandik. 

Afg‘oniston markazida joylashgan Parvon viloyatida ham huddi shunday holat yuz berdi, avtobusning portlashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va to‘qqiz kishi jarohat oldi. Bu haqda "Tolo News" telekanali shifokorlarga asoslanib xabar bergan.  

Aniqlik kiritilishicha, transport vositasi yo‘l bo‘yidagi minada portlatilgan. 

Hodisa Pul-i-Matak hududida sodir bo‘lgan. 

Rasmiylar hodisa haqida hozircha izoh bermagan. Bundan tashqari, shu paytgacha portlash uchun javobgarlikni biron bir radikal guruh, shu jumladan Tolibon ham o‘z bo‘yniga olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston terakt

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing