Navbat Eron vaziriga. Mirziyoyev Abdullahiyonni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari doirasida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda Eron Prezidentining o‘tgan yil sentyabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgani ta’kidlangan.

“O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayganini mamnuniyat bilan qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Mazkur uchrashuvda transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari surish, jumladan, Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Abdullahiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing