Navbahor XTB boshlig‘ining o‘lim tafsilotlari ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, shu yilning 6 sentyabr kuni Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari Madina Ataniyazova turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 sentyabr kuni  soat taxminan 20:20larda Madina Ataniyazova ishdan kelib, qiziga yangi kitob sovg‘a qiladi va egnidagi kiyimlarini almashtirish maqsadida yotoqxonasiga kiradi.

Biroz vaqt o‘tgach, u yerdan baqir-chaqir eshtiladi. Otasining onasidan navbatdagi pul talab qilishi deb, janjalni oldini olish maqsadida Ataniyozovaning 10 yoshli qizi Shahnoza Raimova qo‘shnilardan yordam so‘rab chiqadi va uyga qaytganda qonga belanib, suv so‘rab jon berayotgan onasi Madina Ataniyazovaga ko‘zi tushadi.

“Kelganimda onam suv-suv deb baqirardi. Keyin ko‘zlari ochiq qoldi, yumilmadi, lablari ko‘karib, gapirmay qoldi”, deydi Madina Ataniyazovaning qizi.

“Ikki oycha oldin kelganimda eri bilan birga yashardi. Keyin umuman ko‘rmadim”, deydi marhumaning qo‘shnisi Mehrigul Adizova. 

Shu kuni voqea joyiga kelgan qo‘shnilar darhol tez yordam va ichki ishlar xodimlarini chaqirgan. Biroq endi kech edi. Shu kuni uyning orqa devoridan ayolning yotoqxonasiga kirgan Shavkat Raimov xotiniga 17 marta pichoq urib, uydagi shkaf tortmasidan pullarni oladi va voqea joyidan deraza orqali qochib ketadi.

“Kelishmay qolgandik. U bilan gaplashib olmoqchi edim. Yaxshi gaplashmagani uchun shunday qildim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi Shavkat Raimov.

Mudhish qotillik sodir etilgan marhuma yashagan mahallada 200 dan ortiq fuqaro ishtirokida muhokama qilindi. Unda so‘zga chiqqanlar marhumani mas’uliyatli rahbar, irodali ayol sifatida yodga oldi.

Mazkur holat yuzasidan Navbahor tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.

Hozirda Navoiy viloyat prokuraturasi dastlabki tergov harakatlarini  olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

qotil tergov

Baholaganlar

477

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing