Andijonda ayol 3 ming dollarga killer yollab, sobiq erini o‘ldirmoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 3 ming dollar evaziga qotil yollab, erini o‘ldirmoqchi bo‘lgan 52 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning Asaka tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan ayol o‘zi bilan birga yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘ini uy-joy nizosi bilan bog‘liq adovat zaminida qasddan o‘ldirishni maqsad qilib, 3000 AQSH dollari evaziga yollanma qotil izlayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir o‘tkazishga kirishilib, shartli yollanma qotil tadbirga jalb etilgan. 1974 yilda tug‘ilgan ayol sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirish jinoiy rejasini tezroq amalga oshirish maqsadida joriy yilning 10 iyul sanasida Asaka tumanidagi turarjoy majmualaridan birining oldiga qotillik bo‘yicha yollamoqchi bo‘lgan shaxslar bilan ko‘rishib, gaplashib olgan. Sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishi evaziga dastlab 5 million so‘m pul bergan. Keyinchalik esa erining o‘lganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, qolgan pulni berishni va’da qilib, tilxat yozib bergan. Natijada 11 iyulga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tezkor tadbirda yollanma qotil ayolning turmush o‘rtog‘ini Asaka tumanidagi adirlik dala maydoniga olib borib, uni qasddan o‘ldirilganligini grimmlangan holatda ko‘rsatib, buyurtmachi ayolni voqea joyiga chaqirgan. O‘lganligiga ishonch hosil qilgan ayol kelishilgan pulni berishini aytib, avtomashinaga o‘tirgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan sobiq erini qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Erimdan qutulish uchun yollanma qotilga 3000 dollar berishga kelishdik. 5 millionini berdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Kechirishingizni so‘rayman”, deydi ayol.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida norasmiy nikohdagi xotinini o‘ldirish uchun 10 ming dollarga qotil yollagan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing