Navalniyning o‘limi ortidan Rossiyaning Chexiyadagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Olam

image

Bugun, 21 fevral kuni Rossiyaning Chexiyadagi elchisi Aleksandr Zmeyevskiy Aleksey Navalniyning vafoti munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda TACC axborot agentligi xabar berdi.

“Tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Aleksey Navalniyning o‘limi munosabati bilan Rossiya elchisini chaqirishga qaror qilganini tasdiqlayman. Chexiya uning o‘lim holatlarini tergov qilishga va nega jasad marhumning oilasiga berilmayotganini tushuntirishga chaqirdi “, deyiladi agentlik axborotida.

Rossiya elchixonasi hozircha vaziyatga izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, 17 fevral kuni Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Navalniy o‘limi munosabati bilan Rossiya diplomatini chaqirtirgandi. Keyingi kunlarda rossiyalik diplomatlar Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya va Estoniya Tashqi ishlar vazirliklariga ham chaqirilgan. 19 fevral kuni Borrel Rossiya Navalniyning o‘limi bo‘yicha xalqaro va shaffof tergov o‘tkazilishiga ruxsat berishi kerakligini aytgandi.

"Kreml Navalniyning o‘limiga oid G‘arbdan kelayotgan bayonotlarni quturgan va mutlaqo qabul qilib bo‘lmas deb biladi. Chunki sodir bo‘lgan voqea sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q", deydi bunga Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Eslatib o‘tamiz, AQSH 23 fevral kuni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning koloniyada o‘limi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilishini ma’lum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Aleksey Naval'niy Aleksandr Zmeevskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing