Navalniyning “Putin koshonasi” haqidagi surishtiruvi isbotlandi – BBC
Olam
−
14 may 2021
14978BBC rus xizmati Rossiyaning Gelenjik shahrida qurilgan qiymati bir necha milliard rublga teng saroyning kimga tegishli ekani yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, xulosalarini e’lon qildi.
Surishtiruvda Rossiyaning Gelenjik shahrida joylashgan va Prezident Vladimir Putinniki ekani iddao qilingan saroyning rasmiy egasi sifatida “Ozero” kooperativining sobiq a’zosi va Putinning eski tanishi Nikolay Shamalov tan olingan.
Biroq, milliardlab rublga baholangan ushbu saroyning sotilishidan Shamalovga atigi 4,9 million rubl tekkan. Ushbu xulosani saroyning qurilishi tarixini batafsil bayon qilgan hujjatlardan olish mumkin.
BBC rus xizmati ixtiyorida bo‘lgan “Putin saroyi”ni qurish loyihasining bir qator ichki hujjatlari qurilishda davlatning muhim roli bo‘lganini ko‘rsatgan, shuningdek, mablag‘ hajmi va manbalarini ochib bergan.
Massiv hujjatlari muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning saroy bo‘yicha o‘tkazgan tergov natijalarining aksar xulosalarini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hamda muxolifat yetakchisi hisoblangan va ayni vaqtda panjara ortida bo‘lgan Aleksey Navalniy “Putin uchun saroy” nomli yirik surishtiruv filmini e’lon qilgandi.
Saroyning o‘zi 68 gektar maydonni egallaydi. Undan tashqari, uni Federal xavfsizlik xizmatining nazoratida bo‘lgan yana 7000 gektarga teng yopiq hudud o‘rab turadi.
Majmuada saroydan tashqari yopiq muz maydoni, cherkov, 2500 metr kvadrat hajmdagi issiqxona, 80 metr uzunlikdagi ko‘prik va hatto amfiteatr ham mavjud. Majmuaning o‘ziga hos jihatlari ko‘p. Ulardan biri esa, maxsus tunnel hisoblanadi.
Shuningdek, saroyda bir necha sauna, hammom, basseyn, sartaroshxona va akvadiskoteka mavjud. Undan tashqari, qishki bog‘, musiqali mehmonxona, kazino va sport zali ham joylashgan.
So‘ng, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Gelenjikdagi hashamatli saroy o‘zi yoki qarindoshlariniki emasligini ma’lum qilgandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Gelenjikdagi hashamatli uy bir yoki bir nechta ishbilarmonga tegishli ekanini aytgan.
Keyinchalik, rossiyalik milliarder Arkadiy Rotenberg saroyning benefitsiari ekanini ma’lum qilgandi. Rotenberg hashamatli saroyda yuqori toifali mehmonxona tashkil qilishini aytgandi.
LiveBarchasi