Navalniyning himoyachilari qamalishi ortidan rossiyalik advokatlar ish tashlamoqchi

Olam

image

Rossiyalik advokatlar hamkasblariga “ogohlantirish aksiyasi”ni o‘tkazish va barcha turdagi sud jarayonlarida ishtirok etishdan bosh tortishga chaqirgan ochiq murojaatini e’lon qildi. Mazkur bayonot “Legal Petition” saytida chop etildi.

Murojaatda advokatlar odil sudlovni amalga oshirish jarayonining rasmiy ravishda ommaviy va doimiy tarzda kamsitilayotgani, ular belgilangan tartibda ishlagan taqdirda ham to‘lovlar kechiktirilishi va advokatlarning murojaatlari esa butunlay e’tiborsiz qoldirilayotganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, advokatlar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquq himoyachilariga qarshi jinoyatlarni tekshirmayotgani yoki xodimlarning o‘zi shu kabi jinoyatlarni sodir etayotganini bildirgan. 

Shuningdek, murojaatnomada huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar advokatlarni “ma’muriy va jinoiy ayblovlar” bo‘yicha kasbiy faoliyati uchun jinoiy javobgarlikka tortayotgani qayd etilgan. Ular muxolifatchi Aleksey Navalniyni himoya qilayotgan Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninning hibsga olinishini bunga misol qilib ko‘rsatgan.

“Bizning fikrimizcha, advokatlar hamjamiyati barcha rasmiylarga jamiyatda advokatlarsiz adolat o‘rnatish imkonsizligini eslatish hamda huquq himoyachilariga va kasbning o‘ziga qilinayotgan tajovuzning ochiq faktlariga munosib javob qaytarishi kerak”, deyiladi murojaatda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni himoya qilgan advokatlar hibsga olingan edi. Sud veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab Igor Sergunin, keyinchalik Aleksey Lipser va Vadim Kobzev hibsga olingan. 

Ular ekstremistik tashkilotda ishtirok etganlikda ayblanmoqda (Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi), ushbu modda bo‘yicha ular olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Yurist Vyacheslav Gimadining ta’kidlashicha, uchala advokat ham hozirda Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasi – gumonlanuvchini hibsda saqlash uchun dalillar mavjudligiga asoslanib, ushlab turilibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya advokat Aleksey Naval'niy Aleksey Liptser Igor' Sergunin Vadim Kobzev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing