Navalniy tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi – Narishkin
Olam
−
06 mart
7286Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy tabiiy o‘lim bilan vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Solovyov Live” kanaliga bergan eksklyuziv intervyusida aytdi.
Navalniyning o‘limiga G‘arbdagi biron bir kuchning aloqasi bormi, degan savolga u shunday javob bergan.
"Menimcha, bu qandaydir maxsus reja emas. Afsuski, ertami-kechmi hayot tugaydi, odamlar o‘ladi. Ha, Navalniy tabiiy sabablar tufayli vafot etdi”, deydi Sergey Narishkin.
RT manbasining ta’kidlashicha, muxolifatchining o‘limiga qon ivishi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. Navalniyning jasadi vafot etganidan to‘qqiz kun o‘tib, 24 fevralda onasi Lyudmila Navalnayaga topshirildi. Uning o‘limidan so‘ng bir qator dunyo siyosatchilari, jumladan AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putinni aybladi.
LiveBarchasi