Navalniy SIZOdan koloniyaga ko‘chirildi
Olam
−
26 fevral 2021
4694Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy tergov hibsxonasidan koloniyaga ko‘chirildi. Bu haqda Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati direktori Aleksandr Kalashnikov ma’lum qildi.
"Sud qarori bilan u hozir bo‘lishi kerak bo‘lgan joydan chiqib ketdi. Hammasi qonun va amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirildi", degan Kalashnikov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Navalniyning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yo‘q, mahkum "mutlaqo normal sharoitda" saqlanadi.
Navalniyning qaysi koloniyaga olib ketilganiga esa aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, Aleksey Navalniy “Matrosskaya Tishina” hibsxonasidan olib ketilgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy 17 yanvar kuni Germaniyadan kelganidan keyin darhol hibsga olingandi.
LiveBarchasi