Navalniy qachon va qayerda dafn etilishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Qamoqxonada vafot etgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey  Navalniyning dafn marosimi 1 mart kuni Moskvaning Marino tumanida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda marhum siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Aleksey bilan vidolashuv 1 mart kuni soat 14:00 da Marinodagi cherkovda bo‘lib o‘tadi. Vaqtliroq keling. U Borisov qabristonida dafn qilinadi”, deb yozadi Yarmish.

Ma’lumot uchun, 16 fevral kuni tushdan keyin 48 yoshli Aleksey Navalniy Yamaldagi "Qutb bo‘risi" deb ataladigan 3-ahloq tuzatish koloniyasida jazoni o‘tash paytida vafot etgan. O‘limning rasmiy sabablari hozircha oshkor etilmagan, tergovchilar o‘lim bilan bog‘liq holatlarni o‘rganmoqda. Navalniyning jasadi vafot etganidan to‘qqiz kun o‘tib, 24 fevralda onasi Lyudmila Navalnayaga topshirilgandi.  

Eslatib o‘tamiz, oldinroq OAVda Navalniy 29 fevral kuni Moskvadagi Borisov qabristoniga dafn etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

rossiya Aleksey  Naval'niy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing