Polshalik grossmeyster JCHda rossiyalik shaxmatchi bilan ko‘rishishdan bosh tortdi (video)

Sport

image

2023 yil 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida polshalik grossmeyster Yan-Kshishtof Duda rossiyalik shaxmatchi Denis Xismatullin bilan qo‘l berib ko‘rishmadi. Bu haqda jurnalist Andreas Papadopulosning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi. 

Jurnalistning sahifasida e’lon qilingan videoga ko‘ra, o‘yin boshlanishidan oldin Xismatullin raqibi bilan qo‘l siqishmoqchi bo‘lgan, biroq polshalik shaxmatchi u bilan ko‘rishishni istamagan.

Qayd etilishicha, Xismatullin Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu boisdan ham Duda rus raqibining do‘stona munosabatni rad etgan. Dudaning bu ishi ko‘pgina taniqli ukrainaliklarning e’tirofiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi tezkor shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen g‘alaba qozongandi. Bu Karlsenning tezkor shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatidagi beshinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha Magnus 2014, 2015, 2019 va 2022 yillarda jahon chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha shaxmat rossiya JCh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing