NATOga qo‘shilmasak, bizga yadro qurolini bering – Zelenskiy
Olam
−
05 fevral 7309 2 daqiqa
G‘arb hamkorlari Ukrainani NATOga qabul qilishdan bosh tortsa, uni yadro quroli bilan ta’minlashi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida so‘z ochdi. Suhbatdan parchalar kecha, 4 fevral kuni Morganning X sahifasida joylashtirildi.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yadro qurolining Kiyevga topshirilishi Ukraina xavfsizligining yetarli kafolati bo‘lib xizmat qilishi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni yangi hujumdan qaytarishi mumkin.
Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishi “yillar yoki o‘n yillarga” kechiktirilishi mumkinligini tan oldi.
“Shu yerda, mutlaqo adolatli savol tug‘iladi: bizni butun vaqt davomida, shu yo‘lda bu yovuzlikdan nima himoya qiladi? Qanday qo‘llab-quvvatlash paketi, qanaqa raketalar? Ular bizga yadroviy qurol beradimi? Unda bizga yadroviy qurol berishsin” dedi Ukraina Prezidenti.
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari “millionlik armiya”ni moliyalash va bu mamlakatda o‘z qo‘shinlarini joylashtirish orqali Ukrainaga yordam berishi mumkin.
“O‘z kontingentingizni davlatimizning biz vaziyat barqaror bo‘lishini istagan qismlariga o‘tkazing, shunda odamlar tinch bo‘ladi”, dedi Zelenskiy ittifoqchilariga qarata.
Zelenskiy agar Ukraina NATOga qo‘shilmasa, u holda Kiyevning alyansdagi potensial a’zoligidan o‘zining bosqinini oqlash uchun foydalangan Putin “uning hududini butunlay tark etishi kerak”ligini aytdi.
Live
Barchasi