Kiyevning yadro qurolidan voz kechishi ahmoqlik bo‘lgan – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina rahbariyati 30 yil avval yadro qurolidan voz kechganini xato deb hisoblaydi va Rossiya bilan uzoq muddatli tinchlikka erishish faqat AQSH yordamida amalga oshishi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Italiyaning “Il Foglio” gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya Ukrainani yadroviy quroldan voz kechishga majbur qilgan, bu rad etish “ahmoqona, mantiqsiz va o‘ta mas’uliyatsizlik” bo‘lgan.

Gap 1994 yilda imzolangan Budapesht memorandumi haqida ketmoqda, unga ko‘ra Ukraina AQSH, Rossiya va Buyuk Britaniyaning xavfsizlik kafolatlari, jumladan, Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va mavjud chegaralarini hurmat qilish evaziga o‘zining yadroviy arsenalidan voz kechadi.

Ukraina rahbarining fikricha, Kiyev yadro qurolini “haqiqiy xavfsizlik kafolatlariga, keyin esa NATOga” almashishi kerak edi.

“Agar men yadroviy qurolni o‘zgartirmoqchi bo‘lsam, uni buyukligi, hududi va armiyasiga qaramay, har qanday hujumchini to‘xtata oladigan juda kuchli narsaga almashtirgan bo‘lardim”, deya ta’kidlagan u.

Rossiya Ukraina uchun neytral va yadrosiz maqomga ega bo‘lishini ta’kidlamoqda. Putinning ta’kidlashicha, Moskva hech qanday sharoitda ham Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aks holda, Rossiya tomoni barcha mavjud yo‘q qilish vositalaridan foydalanadi, deya ogohlantirgan u. Ukrainaning NATOga kirishdan bosh tortishi Putin tomonidan 2024 yilning yozida tinchlik muzokaralarini boshlash uchun ilgari surilgan shartlardan biridir.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Kiyevning yadroviy dasturini qayta tiklash borasidagi tahdidini Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishi sabablaridan biri deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumanida Ukrainaning NATOga kirishiga Vengriya, Germaniya, Slovakiya va AQSH qarshilik ko‘rsatayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev to‘rt davlat rahbariyati bilan alyansga qo‘shilish mavzusida ochiq suhbat o‘tkazgan. Ammo bu davlatlar Ukrainaning NATOga qo‘shilishini xohlamasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Vladimir Zelenskiy Budapesht memorandumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing