NATO yoshlarning tinchlik haqidagi fikrlarini o‘rganmoqchi

Olam

image
"NATO 2030" onlayn yoshlar sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qilgan. 
 
Sammit yoshlarning xavfsizlik va tinchlik haqidagi qarashlarini umumlashtirishga imkon beradi.
 
Yoshlar sammiti NATOga a’zo davlatlarning 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarini o‘ziga jamlaydi. Sammit ishtirokchilari Stoltenberg bilan onlayn ravishda fikr almashish va bahslashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 
 
Sammit Stoltenbergning nutqi bilan boshlanishi rejalashtirilmoqda. So‘ngra qatnashuvchi yoshlar o‘rtasida virtual bahslar va uchta seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 
 
Sammit yaqin 10 yil va undan keyingi davrda a’zo davlatlar fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi aytilgan.
 
Avvalroq, NATOga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirliklari rahbarlari Germaniyada kosmik markaz qurishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot bergan edik.

Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing