NATO O‘rtayer dengizida harbiy mashqlar o‘tkazmoqda

Olam

image

NATO Italiya sohilidagi O‘rtayer dengizida “Neptun zarbasi” (Neptune Strike) nomli harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. Bu haqda CBS News nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mashqlarda Buyuk Britaniyaning HMS Prince of Wales avianositsi  va undagi 26 ta AQSH F-35 qiruvchilari, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Polsha va Turkiya hamda jami o‘n mamlakat ishtirok etmoqda. Harbiylar NATOning sharqiy qanotiga zarba berilgan holatda harakat qilish va global neft yetkazib berishning 30% muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish bo‘yicha harakatlarni mashq qilmoqda.

NATO Yevropa qo‘shma qo‘shinlari oliy bosh qo‘mondonligi rahbari Aleksus Grinkevich alyans 2027 yilgacha Rossiya va Xitoy bilan ehtimoliy nizolarga tayyor bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mashqlar NATO davlatlari havo hududlari buzilgan holatlar ko‘payishiga munosabat sifatida o‘tkazilmoqda

Xususan, 2025 yilning 10 sentyabr kuni kechasi Polsha harbiylari mamlakat havo chegarasi 21 ta masofadan boshqariladigan dron tomonidan buzilganini ma’lum qildi. Bosh vazir Donald Tusk bunda Rossiyani aybladi. Shu oyda Estoniya ham Rossiyani 3 ta dron bilan havo hududini buzganlikda aybladi. Rossiya hokimiyati esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiya shimoli-sharqidagi Per shahridagi NATOning Klayne-Brogel aviatsiya bazasi ustida ikki marta noma’lum dronlar ko‘rilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

NATO Neptun zarbasi O'rtaer dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing