NATO Ukrainaga 40 milliard yevro beradi

Olam

image

NATO 2025 yilda Ukrainaga kamida 40 milliard yevro beradi. Bu haqda bugun , 10 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden NATOning 75 yilligiga bag‘ishlangan  sammitida ma’lum qildi.

NATOning 75 yilligiga bag‘ishlangan  sammiti yakuni bo‘yicha quyidagi tashabbuslar qabul qilinishi kutilmoqda: 

Kiyevga yordam berish uchun NATOning yangi tuzilmasi NSATU paydo bo‘ladi. U alyans bilan to‘liq operatsion muvofiqlik yo‘lida Ukraina qurolli kuchlarini jihozlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

Kiyevda NATOning katta vakili paydo bo‘ladi, u alyansning Ukrainaning yuqori martabali amaldorlari bilan o‘zaro munosabatlari koordinatori vazifasini bajaradi;

Ittifoqchilar kelasi yil davomida Kiyevni kamida 40 milliard yevro miqdorida asosiy moliyalashtirish va Ukrainaning g‘alaba qozonishi uchun barqaror darajadagi xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash niyatini e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtonda boshlangan Davlat va hukumat rahbarlari sammitida alyans davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmasligini aytgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made