NATO Ukrainadagi urushga aralashganini tan oldi – Medvedev

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi NATOning mag‘lubiyatini anglatishi haqidagi so‘zlari alyansning mojaroga aralashganini tasdiqlaydi. Bu fikrni bugun, 11 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida bildirdi. 

“NATO Bosh kotibining Rossiyaning g‘alabasi Shimoliy Atlantika alyansining mag‘lubiyatini anglatishi haqidagi tezisi blokning mamlakatimizga qarshi urushda ishtirok etganining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdig‘idir. Ular aytganidek, buyuk aqldan emas, pok yurakdan. Norvegiyalik halol yigit nihoyat buni tan oldi”, deb yozadi siyosatchi. 

Eslatib o‘tamiz, Stoltenberg bugun, 11 oktyabr kuni NATO Mudofaa vazirligi rahbarlarining Bryusseldagi uchrashuvi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi g‘alabasi NATO uchun mag‘lubiyat bo‘lishini aytgan edi. Alyans bosh kotibiga ko‘ra, NATO Ukrainada uzoq davom etadigan urushga tayyor bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Dmitriy Medvedev Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Yent Stoltenberg

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing