NATO Turkiyani ko‘ndirishiga ishonmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Shimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning a’zoligiga doir e’tirozlarini bartaraf eta oladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 15 may kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunida ma’lum qildi

“Rasmiy Anqara “o‘z niyatlari a’zolikka to‘sqinlik qilish emasligini aniq aytdi”, degan Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi Finlyandiya va Shvetsiyaning Rossiyaning mumkin bo‘lgan harakatlari tufayli alyansga kirishi to‘g‘risida ariza berishdan yakuniy ratifikatsiya qilishgacha bo‘lgan davr haqidagi xavotirini tushunishini bildirdi. 

“Biz bu jarayonni imkon qadar tezlashtirishga harakat qilamiz. NATOga a’zo ko‘plab davlatlar tezlashtirilgan tartib topishlarini aytishdi”, deydi Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi o‘tish davrida alyansning Shvetsiya va Finlyandiyaga amaliy yordam ko‘rsatishi haqidagi savolga ehtiyotkorlik bilan javob berdi. 

“Biz xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz, jumladan, NATOning Boltiqbo‘yi mintaqasida, Finlandiya, Shvetsiya va uning atrofidagi ishtirokini oshirish orqali”, degan Stoltenberg.

Turkiya tomoni Xelsinki va Stokgolmning Turkiyada taqiqlangan kurd tashkilotlariga munosabatini nomaqbul deb hisoblaydi va ularning alyansga kirishiga ijobiy qaramayapti. O‘z navbatida, bu davlatlarning NATOga kirishi faqat barcha amaldagi a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi bilan mumkin.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala Skandinaviya davlatiga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi.

15 may kuni Finlyandiya ham, Shvetsiya ham NATOga a’zo bo‘lishga qaror qilganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Shvetsiya Finlyandiya

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing