NATO “tajovuzkor Rossiya” qaytganini e’lon qildi
Olam
−
02 dekabr 2020
11964Rossiya muntazam ravishda NATOga a’zo davlatlarga yaqin hududlarda ularni qo‘rqitadigan harbiy operatsiyalar olib boradi va ularning xavfsizligiga tahdid soladi. Bu alyansning strategik hisobotida aytilgan.
“NATO tizimli raqobat, doimiy agressiv Rossiya, Xitoyning kuchayishi va buzg‘unchi texnologiyalar rolining ortishi bilan ajralib turadigan yanada talabchan strategik muhitga moslashishi kerak”, deyiladi hujjatda.
Shuningdek, NATOning strategik hisobotida Rossiya hukumati sobiq ittifoq respublikalari ustidan gegemonlikni xohlashi, bu esa ularning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazishi, NATOga qo‘shilishni istagan davlatlar yo‘lini to‘sishi ta’kidlangan.
Xususan, Rossiya Ukraina va Gruziyadagi agressiyasini davom ettirmoqda, deyiladi tashkilot xabarida. Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Shimoliy Atlantika alyansi NATOga qo‘shilishni istagan va Moskvaning doimiy tashqi va ichki bosimi ostida bo‘lgan ushbu zaif demokratiyalar bilan sherikligini kuchaytirishi kerak.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Tog‘li Qorabog‘ va Belarusdagi voqealar natijasida Rossiya o‘zining harbiy salohiyatini oshirganini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Rossiya o‘zining yadro arsenalini modernizatsiya qilib, uzoq shimoldan Suriya va Liviyaga yangi kuchlarni joylashtirmoqda, shuningdek, Qrimdagi harbiy ishtirokini oshirib bormoqda.
LiveBarchasi