NATO sharqiy qanotda yangi mudofaa arxitekturasi tayyorlamoqda

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansiga Finlyandiyani qo‘shilishi bilan o‘zgargan sharqiy qanotda yangi mudofaa va to‘siq arxitekturasini tayyorlamoqda. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni alyans Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana Ruminiya janubida joylashgan Krayova shahridagi “Janub – Sharq” ko‘p millatli brigadasiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, Shimoliy Atlantika alyansi sharqiy qanotida Polsha, Portugaliya, Shimoliy Makedoniyadan kelgan ittifoqchilarni Ruminiya harbiylari bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Bu orqali ular NATO tomonidan hozirda rivojlantirilayotgan yangi mudofaa arxitekturasining bir qismiga aylanmoqda. 

“Bu Yevropa tarixidagi muhim voqea. Bu biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishimiz, shuningdek, Finlyandiya va tez orada Shvetsiyaning qo‘shilishi bilan ancha o‘zgargan sharqiy qanotda mudofaa va to‘siqni kuchaytirishimiz kerak bo‘lgan payt. Bu Barensdan Boltiq dengizi, Qora dengiz, Dunay va O‘rta er dengizigacha bo‘lgan sharqiy qanot bo‘ladi”, degan Mircha Joana.

Alyans Bosh kotibi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, NATO hozirda ittifoqchi davlatlar xavfsizligi uchun tahdid ko‘rmayapti. Bunga qaramasdan, u Rossiya oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan xavfli davlat bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO sharqiy qanot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing