NATO Rossiyaning “burni ostida” yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi

Olam

image

NATO Litvada yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Gelezinis Vilkas 2019 (Temir bo‘ri 2019) mashg‘ulotlarida 10 davlatdan 4 ming harbiy va mingdan ortiq harbiy texnika ishga tushirilgan. Bu haqda Litva armiyasi qo‘mondonligi xabar berdi.

“Litva Qurolli kuchlari va NATOdagi ittifoqchilarning shaxsiy tarkibi va texnikalari harakatga keltirilgan mashg‘ulotlardan maqsad mana shu kuch va vositalar harbiy vazifalarni samarali rejalashtirishi hamda bajarishi uchun ularning integratsiyasiga erishish”, degan Gelezinis Vilkas`da ishtirok etayotgan press-ofitser Komantas Pavilyonis.

Litvadagi yirik mashg‘ulotda litvalik askarlardan tashqari Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, AQSH, Chexiya va Estoniya harbiylari ham ishtirok etyapti.

Pavilyonisning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar Litva armiyasining Pabrade va Gayjyunay shaharlaridagi poligonida o‘tkaziladi.

Ikki hafta davom etadigan mashg‘ulotlarning bir qismi kelishuvga ko‘ra, poligonga tutash hududlarda o‘tkaziladi.

Litva harbiy mashg‘ulotlarni kuzatib turish uchun Belarus, Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiyani taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Litva

Baholaganlar

168

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing