NATO Rossiya chegarasiga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchi
Olam
−
22 avgust
7230NATO Finlyandiyaning Mikkeli shahridagi Rossiya bilan chegara hududida besh minggacha askardan iborat zirhli brigadani joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Iltalehti” nashri xabar berdi.
“Finlyandiya mudofaa kuchlari va davlat rahbariyati NATO mamlakatlari askarlari davlat hududida bo‘lishi kerak degan xulosaga keldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, harbiy bazaga NATOning Norvegiya va Shvetsiyadagi harbiy xizmatchilari joylashtiriladi.
Bungacha Finlyandiya Mudofaa vazirligi rahbari Antti Xyakkyanen Finlyandiya NATOning bir qancha davlatlari bilan mamlakat hududida qo‘shinlarni joylashtirish masalasi muhokama bo‘layotganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, NATO qo‘shinlari mamlakatda uzoq muddatga joylashtirilishi mumkin, lekin doimiy asosda emas.
LiveBarchasi