NATO PA Rossiyani terrorchi davlat deb tan olishga chaqirdi
Olam
−
22 noyabr 2022
5375Kecha, 21 noyabr kuni NATO Parlament Assambleyasi alyans a’zolarini Rossiya rejimini terrorchi deb tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani e’lon qildi. PA rezolyutsiyasi Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish uchun maxsus xalqaro tribunal yaratishni talab qiladi.
NATOning Madriddagi yillik sessiyasi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiya, shuningdek, Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytirish, Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha aniq qadamlarni ishlab chiqish va Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun Rossiya Federatsiyasidan tovon undirish mexanizmini yaratishga chaqiradi.
Parlament Assambleyasi Rossiyaning Ukraina xalqiga qarshi (boshlangan) dahshatli urushining davom etayotganini, shu jumladan tinch aholi va infratuzilmani ataylab nishonga olgani, aholiga qarshi terrorchilik harakatlaridan farq qilmaydigan va urush jinoyatlarini tashkil etuvchi dahshatli hujumlarni keskin qoraladi.
Rezolyutsiyada Rossiya tomonidan qurol-yarog‘ nazorati bo‘yicha majburiyatlarni buzish davom etayotgani hamda global qurol nazorati va yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimlarining yemirilishidan chuqur xavotir bildirilgan hamda Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha o‘ylamasdan va qabul qilib bo‘lmaydigan tahdidlari qoralangan.
Ittifoqchilar Rossiya NATO-Rossiya ta’sis akti to‘g‘risidagi qonunni qo‘pol va ko‘p marotaba buzganligini inobatga olgan holda, NATO kuchlarini joylashtirishni cheklovchi qoidalarini o‘z ichiga olgan ushbu hujjat haqiqiy emasligini aniq aytishga chaqiriladi.
Alyans NATOga a’zo davlatlarni Ukrainaga harbiy, razvedka, moliyaviy va gumanitar yordamni oshirishga, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berishni tezlashtirishga va bu yordamni Ukraina g‘alaba qozonishi uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha ko‘rsatishga chaqirdi.
LiveBarchasi