NATO Kosovoga qo‘shimcha batalonini yuboradi
Olam
−
30 may 2023
5732NATO o‘zining Kosovodagi harbiy bo‘linmalarini qo‘llab-quvvatlash uchun u yerga qo‘shimcha batalon yuboradi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"Yaqinda yuz bergan tartibsizliklar va 30 jangchining yaralanishi bilan NATOning Kosovo uchun missiyasi g‘arbiy Bolqonga operativ zaxira kuchlarini joylashtirish to‘g‘risida buyruq chiqardi", deyiladi xabarda.
NATO qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, yana bir ko‘p millatli batalon, agar kerak bo‘lsa, faol bo‘linmalarni kuchaytirish uchun tayyorgarlikni oshirish to‘g‘risida buyruq olgan.
"Kosovoda NATOning qo‘shimcha kontingentini joylashtirish Kosovo missiyani BMT xavfsizlik Kengashi vakolatiga muvofiq xavfsizlikni saqlash uchun zarur imkoniyatlar bilan ta’minlash uchun oqilona choradir", deydi qo‘mondonlik boshlig‘i admiral Styuart Mansh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosovoning shimoliy hududlarida yangi mahalliy amaldorlardan norozi bo‘lgan etnik serblar ularning mamuriy binolarga kirishiga qarshilik ko‘rsatgan va politsiya bunga javoban ularga qarshi turli vositalarni qo‘llagandi. Buning ortidan esa Serbiya Prezidenti Vuchich mamlakat armiyasini jangovar holatga keltirgan. Ma’lumot uchun, shu yilning 23 aprel kuni Kosovoda o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovlar merlik lavozimlariga faqat etnik alban yoki boshqa ozchilik vakillari saylangani haqidagi da’volar bilan serblar tomonidan boykot qilingan.
LiveBarchasi