NATO Qora dengizga 5 ming kishilik qo‘shin joylashtirmoqchi
Olam
−
27 yanvar 2022
6671NATO Ukraina atrofida vaziyatni yumshatishga umid qilmoqda, lekin shu bilan birga u o‘z kuchlarining tayyorgarligini oshiradi va kerak bo‘lganda, Fransiya boshchiligidagi 5 ming kishilik NATO javob kuchlarining oldingi otryadini Qora dengiz mintaqasidagi ittifoq mamlakatlarida joylashtirishi mumkin. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha takliflariga NATOning javobini taqdim qilishda ma’lum qildi.
“NATO Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga umid qiladi va Rossiyaga muloqotni taklif qiladi, lekin shu bilan birga o‘z kuchlarining tayyorgarligini ham Qora dengiz mintaqasida, ham alyans sharqida mavjudligini oshiradi. Fransiya boshchiligidagi 5 ming kishidan iborat NATO javob kuchlarining oldingi otryadi kerak bo‘lsa mintaqaga bir necha kun ichida joylashtirilishi mumkin. Biz yana Rossiyani vaziyatni zudlik bilan yumshatishga chaqiramiz. NATO keskinlik va kelishmovchiliklarni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish kerakligiga qat’iy ishonadi. Kuch ishlatish yoki undan foydalanish tahdidi bilan emas”, degan Stoltenberg.
Avvalroq, AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Vashingtondan Rossiyaning xavfsizlik takliflariga yozma javobini olib kelgani haqida xabar bergandik.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi