NATO “Boltiq soqchisi” missiyasini boshladi

Olam

image

NATO a’zo davlatlarining suvosti infratuzilmasini himoya qilish maqsadida Boltiq dengizida yangi patrul operatsiyasini ishga tushirdi. Ushbu missiya doirasida fregatlar va dengiz patrul samolyotlari jalb qilinadi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Finlandiya poytaxti Helsinkida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“NATO “Boltiq soqchisi” (Baltic Sentry) missiyasini ishga tushirmoqda”, dedi Ryutte.

U, shuningdek, yangi missiya Boltiq dengizida vaziyatni kuzatib borishga qaratilganini ta’kidlab, bunda fregatlar va dengiz patrul samolyotlaridan foydalanilishini qo‘shimcha qilgan. Lekin, unda ishtirok etadigan etadigan kemalar sonini ochiqlamagan.

“Men kemalar soni haqida aniq ma’lumot bermayman. Bu raqam har hafta o‘zgarib turishi mumkin. Biz dushmanni mavjud ma’lumotdan ko‘ra ko‘proq xabardor qilishni xohlamaymiz. Muhimi zarur harbiy vositalar kerakli joyda va kerakli vaqtda jalb etiladi. Bu esa zararli harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi”, dedi u.

Ryutte, shuningdek, patrul missiyasida dronlardan foydalanilishini qayd etgan.

“Biz eng yangi texnologiyalardan, jumladan, dronlardan foydalanamiz”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO kemalari Boltiq dengizidagi muhim suvosti ob’ektlarini qo‘riqlashi xabar qilingan edi. Unda hammasi bo‘lib o‘nga yaqin kemalar ishtirok etishi belgilangan. Finlyandiya ko‘rfazida xavfsizlik birinchi navbatda Finlyandiya va Estoniya kuchlari tomonidan amalga oshiriladi. Boltiq dengizida boshqa davlatlarning kemalari energiya va IT kabellari yonida navbatchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO missiya “Boltiq soqchisi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing