NATO a’zolari Germaniyada kosmik markaz qurishni rejalashtirmoqda
Olam
−
20 Oktabr 2020
3899NATOga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirliklari rahbarlari Germaniyada kosmik markaz qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Sueddeutsche Zeitung" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, markazni Reynland-Pfalsda joylashgan Ramshtayn aviabazasida qurish rejalashtirilgan.
Ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritishicha, vazirlar bu boradagi rejalarini 22 oktyabr kuni e’lon qilishadi.
Ta’kidlanganidek, markaz "kosmik fazoni kuzatish markaziga" aylanishi kerak. Shuningdek, u mudofaa choralarini ko‘rish uchun qo‘mondonlik markaziga aylantirilishi mumkinligi aniqlangan.
Avvalroq, Germaniya havo kuchlari va uning NATOdagi sheriklari Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi aviabazada
yashirin mashqlar o‘tkazayotgani haqida ma’lumot bergandik.