NATO harbiy xarajatlari 2024 yilda qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
19 iyun
2945NATOning harbiy soha uchun sarflanadigan xarajatlar ko‘rsatkichi bu yil 18 foizga oshadi. Bu haqda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSH Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Stoltenberg Jo Bayden bilan uchrashuvi chog‘ida 2024 yilda Yevropa Ittifoqi a’zolari va Kanadada mudofaa xarajatlari 18 foizga oshganini e’lon qilgan. Alyans rahbarining so‘zlariga qaraganda, bu so‘nggi o‘n yil ichidagi eng katta o‘sishdir. Shuningdek, u ittifoqchi davlatlar yalpi ichki mahsulotining kamida ikki foizini mudofaaga sarflash kerakligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Stoltenberg Prezident Baydenga uning yetakchiligi va NATOga sodiqligi uchun minnatdorlik bildirgan. Alyans yetakchisiga ko‘ra, NATO AQSH manfaatlarini ilgari surish orqali Amerikani yanada kuchliroq qilmoqda. Bayden va Stoltenberg “Sovuq urush”dan beri ko‘proq kuchlar, imkoniyatlar va sarmoyalarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli mudofaa rejalarini ham ilgari surdilar. Ukraina masalasida Bosh kotib ushbu davlatga yordam berishda davom etish zarurligini ta’kidlab, Ukraina qanchalik kuchli qo‘llab-quvvatlansa, urush shunchalik tezroq tugashini bildirgan. U AQSH va Ukraina o‘rtasidagi 10 yillik ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvini ijobiy baholab, NATOning Ukrainaga xavfsizlik yordami u yerda ta’limni muvofiqlashtirishda katta rol o‘ynashini aytgan.
Bosh kotib mudofaa haqida baralla gapirar ekan, Yevropa ittifoqchilari o‘zlarining jamoaviy xavfsizligi uchun ko‘proq harakat qilishlari kerakligini aytdi. Uning bildirishicha, 2022 yildan beri Yevropadagi mudofaa xaridlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i AQSH firmalari bilan amalga oshirilgan.
“NATO AQSH xavfsizligi, sanoati va AQSHdagi ish joylari uchun foydalidir”, deya o‘z so‘zini yakunlagan Stoltenberg.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Stoltenberg NATO yadro qurolini jangovar holatga keltirishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Pentagon NATO yaqin kelajakda kengaymasligiga ishontirgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi