Natijadan xafa bo‘lib o‘tirishga vaqtimiz yo‘q – Eldor Shomurodov

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 3-turidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Yomon o‘ynamadik, deb o‘ylayman. 2 ochko yo‘qotdik, lekin bu katta yo‘qotish deb o‘ylamayman. Albatta har bir ochkoning qadri biz uchun muhim. Bizning asosiy maqsadimiz JCHga chiqish. Keyingi o‘yinda g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Eronga qarshi o‘yin hech qachon oson bo‘lmaydi. 0:0 hisobida o‘ynab juda yomon natija ko‘rsatdik, deb o‘ylamayman. Har doimgidek, kuchli raqibga qarshi munosib kurash olib bordik”, deydi futbolchi.

Shomurodov Eron futbolchisiga ko‘rsatilgan qizil kartochkaga ham to‘xtaldi.

“Birinchi navbatda, g‘alaba qozonishimiz uchun yaxshi imkoniyatimiz bor edi. Lekin aytganimdek, bugungi 1 ochko ham yomon natija emas. Keyingi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, hozir natijadan xafa bo‘lib o‘tirishga vaqtimiz yo‘q”, deydi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich o‘yin borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Jahon chempionati Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing