“Nasaf” Hindiston klubi darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi

Sport

image

Bugun, 22 sentyabr kuni OFK kubogi hududiy yarim final bosqichidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Mohun Bagan” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda qarshiliklar yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda "ajdarlar" raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritdi. 4-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng, mehmonlar himoyachisi Pritam o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.  Shundan so‘ng, Husayn Norchayev 3 gol urishga muvaffaq bo‘ldi va bu orqali OFK kubogidagi gollari sonini 6 taga yetkazib olgan holda, turnir to‘purariga aylandi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Oybek Bozorov hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasi o‘tib borayotganida Doniyor Narzullayev uchrashuvga yakuniy nuqtani o‘rnatdi – 6:0. Shu tariqa “Nasaf” musobaqaning hududiy final bosqichiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar “Nasaf” Turkmanistonning “Ahal” jamoasini hududiy chorak final bosqichida 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf OFK kubogi Mohun Bagan AFC Cup

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing